Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp AQShda iPhone ishlab chiqarishni talab qildi

Tramp AQShda iPhone ishlab chiqarishni talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Apple boshqaruvchisi Tim Kukdan Amerika bozori uchun qurilmalar ishlab chiqaradigan zavodlarni Hindistonda qurishni to‘xtatishni talab qilganini ma’lum qildi. U bu haqda Qatarga tashrifi paytida aytib, Apple AQShdagi ishlab chiqarishni kengaytirishi lozimligini ta’kidladi. "Men unga: Hindistonda qurmang, dedim," - deya Tramp Kuk bilan suhbatini keltirdi.

Ushbu bayonot Apple’ning rejalariga tahdid solmoqda. Kompaniya 2026 yil oxirigacha AQShga ko‘plab iPhone’larni Hindistondan import qilishni rejalashtirgan edi. Bu orqali tariflar va geosiyosiy xatarlar fonida Xitoyga qaramlikni kamaytirmoqchi edi. Hozirda Apple deyarli barcha iPhone’larni Xitoyda ishlab chiqaradi va 2029 yilgacha Amerika iqtisodiyotiga 500 milliard dollar kiritishga va’da bergan bo‘lsa-da, AQShda yig‘ish liniyalariga ega emas.

Ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirish murakkab jarayon: ta’minot zanjiri va malakali ishchi kuchi asosan Xitoyda to‘plangan, Hindistonda esa Apple endigina hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. AQShdagi yuqori mehnat va ishlab chiqarish xarajatlari bu loyihani iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq qiladi.

Kiritildi: 23:40 15.05.2025. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!