AQSh prezidenti Donald Tramp davlat kotibi Marko Rubio aytgan fikrlarni takrorladi: agar oson yechim topilmasa, AQSh Ukrainadagi urushni tugatish urinishlaridan "juda tez orada" voz kechishi mumkin.
"Endi, agar qandaydir sababga ko‘ra tomonlardan biri vaziyatni juda qiyinlashtirsa, biz shunchaki: Sizlar ahmoqsiz. Tentaksizlar. Sizlar dahshatli odamlarsiz deymiz va chetga chiqamiz," dedi Tramp. "Lekin umid qilamanki, bunday qilishga to‘g‘ri kelmaydi."
Tramp, shuningdek, jurnalistlarga ma’muriyati kelishuvni "tezroq" amalga oshirishni xohlayotganini aytdi.
"Bu hozir hal qiluvchi nuqtaga yetib kelmoqda," dedi u.