Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: AQSh samolyotlari yo‘qotilishi muzokaralarga ta’sir qilmaydi

Tramp: AQSh samolyotlari yo‘qotilishi muzokaralarga ta’sir qilmaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni NBC News telekanaliga bergan qisqa telefon intervyusida amerikalik qiruvchi samolyot urilgani Eron bilan muzokaralarga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.

«Yo‘q, umuman yo‘q. Yo‘q, bu urush. Biz urush holatidamiz», — dedi Tramp.

Telekanal xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti davom etayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari tafsilotlarini muhokama qilishdan bosh tortgan.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi operasiya davomida bir kun ichida ikkinchi jangovar samolyotini yo‘qotgani haqida xabar berilgan edi. Bu haqda The New York Times ikki nafar amaldorga tayanib yozgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Eron hududi ustida AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli F-15E Strike Eagle qiruvchi samolyoti urib tushirilgan paytga yaqin vaqtda, Ormuz bo‘g‘ozi hududida A-10 Warthog shturmovigi halokatga uchragan. Nashr yozishicha, shturmovik uchuvchisi qutqarilgan.

A-10 samolyoti halokati, uning aniq joyi va voqea tafsilotlari rasmiylar tomonidan oshkor etilmagan.

Shuningdek, urib tushirilgan F-15E Strike Eagle samolyoti ekipajining ikkinchi a’zosini qidirish-qutqarish operasiyasida ishtirok etgan Black Hawk vertolyoti ham taxminan hujumga uchragani haqida xabarlar bor.

Kiritildi: 19:30 04.04.2026. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!