Donald Tramp ikkinchi prezidentlik davrida davlat rahbariga tegishli barcha moddiy manfaatlardan voz kechish niyatida ekanini aytdi. NBC telekanaliga bergan intervyusida u prezidentlik maoshini yiliga 400 ming dollar olmasligini va umrbod nafaqasidan ham voz kechishini aytdi.
«Men bir sent ham qabul qilmayman. Bu mening davlat xarajatlarini kamaytirishga qo‘shgan hissamdir», - deya ta’kidladi Tramp.
NBC telekanaliga bergan intervyusida Tramp o‘z ishi uchun maosh olmaydigan birinchi AQSh prezidenti bo‘lishi mumkinligini aytdi – «ehtimol, Jorj Vashingtondan tashqari».
Avvalroq, birinchi muddatida Tramp prezidentlik maoshidan voz kechib, mablag‘larni xayriya va turli dasturlarga, jumladan, milliy bog‘larni muhofaza qilishga yo‘naltirgan edi.
Bunday qadamlarga qaramay, Tramp AQShning eng boy odamlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2,3 milliard dollarga baholangan.