AQSh prezidenti Donald Tramp Yamandagi husiylar yuk tashishni to‘xtatmaslikka va’da berganidan so‘ng, AQSh ularga zarba berishni darhol to‘xtatishini ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC.
Bu haqda Oq uy rahbari Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi
"Ular shunchaki jang qilishni xohlamaydilar va biz buni qadrlaymiz. Biz bombardimonni to‘xtatamiz, ular taslim bo‘lishdi, lekin eng muhimi, biz ularning so‘zlarini qabul qilamiz. Ular endi kemalarni portlatib yubormasliklarini aytishdi va bu bizning maqsadimiz edi”, – dedi Tramp.
Husiylar Trampning bayonotiga hozircha izoh berishmadi.
Seshanba kuni Isroil Yamandagi husiylar pozisiyalariga, jumladan, poytaxt Sanadagi xalqaro aeroportni nishonga olgan holda navbatdagi zarba berganini e’lon qildi.
Isroil rasmiylari aeroport ishdan chiqqanini e’lon qildi. Aeroport vakilining AFPga aytishicha, aeroport "butunlay vayron qilingan".