AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi mamlakatlar Hormuz bog‘ozi koalisiyasiga qo‘shilishdan bosh torgan, bu esa Qo‘shma Shtatlar o‘z sheriklariga to‘liq tayana olmayotganini ko‘rsatadi.
"Men Qo‘shma Shtatlarning boshqa davlatlarni himoya qilishini tanqid qilganman. Chunki biz ularni himoya qilishimizni bilardik. Lekin yordam kerak bo‘lganda ular yordam bermaydi. Buni anchadan beri bilaman", — dedi Tramp.
Oq uy rahbari ta’kidlashicha, ba’zi ittifoqchilar uning Hormuz bog‘ozidagi koalisiyaga qo‘shilish chaqirig‘iga unchalik g‘ayrat bilan javob bermagan.