AQSh ma’muriyati Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar tranzitini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan "Ozodlik loyihasi" operasiyasini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, qaror Eron bitimi bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash va kelishuvni imzolash imkoniyati haqida aniqroq signallar paydo bo‘lguncha qabul qilingan.
Tramp so‘rov "Pokiston va boshqa mamlakatlardan" kelganini ta’kidladi.
"Biz o‘zaro kelishib oldikki, to‘liq blokada saqlanib qolsa-da, muzokaralar yakunlanishi va kelishuv imzolanishi mumkinmi yoki yo‘qmi, ko‘rish uchun "Ozodlik loyihasi" qisqa muddatga to‘xtatiladi", deyiladi postda.