Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp: «Amerikaliklar chet elda o‘lmaydi»

A A A
Tramp: «Amerikaliklar chet elda o‘lmaydi»

Qo‘shma Shtatlar o‘z fuqarolarini xorijga urush uchun yubormasligi kerak, dedi Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp. Unga ko‘ra, agar uning raqibi Kamala Xarris g‘alaba qozonsa, amerikaliklar boshqa davlatlar hududidagi jangovar harakatlarda qatnashadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xarris «o‘zining noqobilligi tufayli» Qo‘shma Shtatlarni «uchinchi jahon urushiga» tortadi va «Xitoy rahbari Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga dosh bera olmaydi».

«Mening nazoratim ostida Qo‘shma Shtatlar urush olib bormadi. Farzandlaringizni urushga yubormasligingiz kerak... Men sizni oxiri yo‘q ahmoqona xorijiy urushlarda jangga va o‘lishga yubormayman», — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Kiritildi: 18:24 28.10.2024. O'qildi: 1492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!