AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi haqidagi maxfiy materiallarni oshkor qilish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
Hujjat, shuningdek, o‘ldirilgan prezidentning ukasi Robert Kennedi va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishi haqidagi ilgari mavjud bo‘lmagan hujjatlarni ham e’lon qilishni nazarda tutadi.
"Bu katta voqea, shunday emasmi? Ko‘pchilik buni uzoq vaqt, yillar, o‘n yillar davomida kutgan edi," - dedi Tramp farmoyishni imzolash paytida.