AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashuvidan so‘ng, Pekin fentanilning noqonuniy savdosiga chek qo‘yishi, AQShdan soya xaridini qayta tiklashi va noyob yer moddalari eksportini davom ettirishi evaziga Xitoyga nisbatan bojlar kamaytirilganini ma’lum qildi.
Tramp ma’lumot berishicha, boj stavkalalari 57 foizdan 47 foizgacha pasaytirilgan. Bu qaror Vashington va Pekin o‘rtasidagi uzoq yillik savdo kelishmovchiliklarini yumshatish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Trampning Janubiy Koreyaning Pusan shahrida Si bilan bo‘lib o‘tgan yuzma-yuz muzokarasi — 2019 yildan beri ilk marta tashkil etildi. Uchrashuv ikki soatga yaqin davom etgan va AQSh prezidentining Osiyo bo‘ylab bo‘ronli safari yakunini belgilagan.
Safar doirasida Tramp Janubiy Koreya, Yaponiya va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan savdo sohasidagi yutuqlarni ham tilga oldi.