Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp 4 iyul kuni soliqlarni qisqartirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

A A A
Tramp 4 iyul kuni soliqlarni qisqartirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 4 iyul — Mustaqillik kuni munosabati bilan Oq uyda o‘tkazilgan bayram tadbiri chog‘ida soliqlarni keskin qisqartirish va xarajatlarni kamaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi.

Tramp o‘z bayonotida Qo‘shma Shtatlar Kongressi tomonidan ma’qullangan ushbu qonun loyihasini “milliy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan tarixiy qadam” sifatida baholadi.

Uning ta’kidlashicha, yangi soliq siyosati orqali ishlab chiqarishni oshirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning yukini yengillashtirish maqsad qilingan.

Qonun loyihasi qanday miqdorda soliq imtiyozlari va xarajat qisqartirishni o‘z ichiga olishi haqida batafsil ma’lumot hozircha e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 18:05 05.07.2025. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!