Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Traktorchi mashinist va haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

A A A
Traktorchi mashinist va haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.X. fuqaro SH.J.ning ishonchiga kirib, unga tanishi D.A. orqali Traktorchi mashinist guvohnomasi hamda kategoriya olib berishi evaziga 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, O.X.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Jomboy tumani bo‘limi bosh mutaxassisi D.A. fuqaro SH.J.ga 10 kun muddat ichida Traktorchi mashinist guvohnomasi hamda kategoriya olib berishi 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro N.X.ga Xorazm yoki Sirdaryo viloyatlaridagi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga qatnashmasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro o‘quv sport texnika klubi ustasi S.N. fuqaro K.G‘.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:17 12.03.2024. O'qildi: 1486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!