Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toyota Rossiyada ishlab chiqarish to‘xtatilishidan keyingi yo‘qotishlarni hisoblab chiqdi

Avto / Xorij A A A
Toyota Rossiyada ishlab chiqarish to‘xtatilishidan keyingi yo‘qotishlarni hisoblab chiqdi

Yaponiyaning Toyota avtomobilsozlik kompaniyasi Sankt-Peterburgdagi zavodida Rossiyadagi ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatish xarajatlarini hisoblab chiqdi – hisob-kitoblarga ko‘ra, avtogigant 96,9 milliard iyena (650 million dollardan ortiq) yo‘qotadi. Bu haqda kompaniya 30 sentyabrda yakunlangan joriy moliyaviy yilning ikkinchi choragi bo‘yicha hisobotida ma’lum qildi.

"Yilning birinchi yarmida ko‘rilgan yo‘qotishlar miqdoriga ketgan xodimlarni ishdan bo‘shatish xarajatlari va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq xarajatlar kiradi", dedi Toyota bosh buxgalteri Masahiro Yamamoto matbuot brifingida.

Sentyabr oyi oxirida kompaniya mamlakatda 15 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Sankt-Peterburgning Shushari qishlog‘idagi zavodni yopish qarorini e’lon qildi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi chakana savdo tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatdagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun Moskvadagi vakolatxonasini qayta qurishni rejalashtirmoqda.

Oktyabr oyi oxirida Toyota yillik ishlab chiqarish belgilangan rejadan kam bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Kompaniyaning 2023 yil martida yakunlanadigan joriy moliyaviy yil uchun kamida 9,7 million avtomobil ishlab chiqarish rejalari yarimo‘tkazgich chiplarining global taqchilligi tufayli barbod bo‘ldi. Xuddi shunday muammo Volvo'ning faoliyatiga ham ta’sir qildi.

Kiritildi: 22:34 01.11.2022. O'qildi: 5792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!