Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Toyota'ga zarba! Portlash ortidan yana bir zavod yopildi

Toyota'ga zarba! Portlash ortidan yana bir zavod yopildi

"Toyota" yana bir zavodini yopdi.

Ma’umki, 6 mart kuni Yaponiyadagi avtomobil uchun turli ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan "Chuo Spring" zavodida portlash yuz berib, bir xodim halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan edi.

Mazkur fojiali voqea ortidan mashhur "Toyota" kompaniyasi ehtiyot qism taqchilligi sababli yana bir zavodi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda "Kiodo" agentligi yozgan.

Avvalroq dushanba kunidan boshlab Aiti prefekturasidagi ikki zavodda "Harrier" va RAV4 rusumli mashinalar yig‘iladigan uch ishlab chiqarish tizimi yopilishi ma’lum qilingandi.

2023 yil ham shu zavodda portlash kuzatilib, "Toyota"ning 8 zavodida 13 ishlab chiqarish chizig‘i to‘xtab qolgan.

Kiritildi: 20:24 10.03.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!