"Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi to‘g‘risida"gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3634-son, 01.07.2025 y. )
🔰 Nizomga ko‘ra, dastlabki qarorni olish manfaatdor shaxs uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
✍️ Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni olish uchun ariza bilan bojxona organiga yozma yoki Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
⌛️ Ariza bojxona organiga kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
✔️ Dastlabki qaror Bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (YAAT) da bojxona organining rahbari tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash yo‘li bilan qabul qilinadi.
🔗 Tasdiqlangan dastlabki qarorga YAAT orqali avtomatik ravishda matrisali shtrix kod (QR-kod) qo‘yiladi.
📜 Dastlabki qaror asosida O‘zbekistonning istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish mumkin.