Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Ekspert: "Putinning qarori Tramp tomonidan haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin"

Ekspert: "Putinning qarori Tramp tomonidan haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin"

Harbiy ekspert Mik Rayanning fikricha, Rossiya delegasiyasi tarkibida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Istanbulda ishtirok etmasligi Oq uy tomonidan haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin.

Rayan Financial Review’dagi maqolasida ta’kidlaganidek, Vladimir Zelenskiy AQShning qo‘llab-quvvatlashini saqlab qolish va tinchlik jarayonini boshlash maqsadida Istanbulga tashrif buyurgan. Biroq Rossiya prezidenti Turkiyaga kelmagan.

"Putin uchun bu, ehtimol, urushda aynan u boshqaruv richaglarini nazorat qilayotganini va uni faqat u - 2014 yilda ushbu urushni boshlagan shaxs tugatishi mumkinligini ko‘rsatish uchun yana bir puxta o‘ylangan qadam bo‘lishi mumkin," - deb yozadi ekspert.

Uning fikricha, Rossiya prezidenti xavfli o‘yin olib bormoqda.

"Putinning qarori Tramp va uning ma’muriyati tomonidan puxta o‘ylangan haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin," deb ta’kidlaydi Rayan. Ekspertning yozishicha, bunday holda Rossiyani yangi sanksiyalar, shuningdek, ehtimol, Ukrainaga Amerika qurol-yarog‘larini yetkazib berish hajmining oshishi kutishi mumkin.

Kiritildi: 22:10 15.05.2025. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!