Putin quruqlik qo‘shinlari bosh qo‘mondonini lavozimidan ozod etib, Rossiya Xavfsizlik kengashiga yo‘lladi.
Rossiya quruqlik qo‘shinlari bosh qo‘mondoni, armiya generali Oleg Salyukov lavozimidan bo‘shatildi va Rossiya Xavfsizlik kengashida Sergey Shoyguning o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qilmoqda Kreml
9 may kuni Salyukov Qizil maydondagi G‘alaba paradiga boshchilik qilgan edi.