Rossiya harbiylari bir necha oydan buyon butun front chizig‘i bo‘ylab, shu jumladan Sumi yo‘nalishida ham hujum harakatlarini olib bormoqda. Buni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ukraina rahbari ta’kidlashicha, Ukraina bilan shimoliy chegarada jami 67 ming nafar rus askari to‘plangan. Aynan Sumi yo‘nalishi ruslar uchun asosiy yo‘nalishga aylangan.
"Ochig‘ini aytganda, barcha yo‘nalishlarda hujum harakatlari boshlandi. Ammo asosiy yo‘nalish aynan Sumi edi. U yerda 67 ming nafar rus harbiysi to‘plangan edi. Ularning birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli choralarni ko‘rdik. Bu jarayon bir necha oydan beri davom etmoqda," - dedi Zelenskiy.
Bundan oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk viloyatidagi Torskoye aholi punktini egallangani haqida xabar bergan edi. Biroq DeepState tahlilchilari bu ma’lumotni inkor etdi.