Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentning tabiiy ventilyasiyasini yaxshilash uchun ayrim binolar qavati kamaytiriladi

Toshkentning tabiiy ventilyasiyasini yaxshilash uchun ayrim binolar qavati kamaytiriladi

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida shamol yo‘nalishlari va tabiiy ventilyasiya koridorlari aniqlanadi. Shu asosda ayrim binolarning qavatlari pasaytirilib, ochiq maydonlar tashkil etiladi.

Urban digital twins orqali shamol to‘xtab qoladigan hududlar, shamol tezligi va yo‘nalishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Maqsad — shaharda shamol tezligini 25% ga oshirish, havo ifloslanishi va PM2,5 to‘planadigan kunlar sonini kamaytirish.

Shuningdek, yoz faslida ko‘chalarda havo haroratini 0,5–1,5°S ga tushirish ko‘zda tutilgan. Jamoatchilik uchun onlayn shamol xaritasi ishga tushirilib, natijalar asosida shahar bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Kiritildi: Bugun 18:30. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!