Toshkent shahrining ikki tumani: Yashnobod va Bektemirda 7 dekabr kuni elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 7 dekabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘radi.