Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzilib qoldi

A A A
Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzilib qoldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanining ba’zi hududlarda 2 oktyabr kuni vaqtincha elektr ta’minotidan uzilishlar yuzaga keldi. Bu haqda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" xabar berdi.

Soat 09:40da tuman hududida joylashgan yuqori kuchlanishli "Hosilot" podstansiyasining quvvati 10 kilovatt bo‘lgan qismida avariya holatida elektr energiyasidan uzilish sodir bo‘lgan.

Oqibatda Aviasozlar mavzesining 3 hamda 4-dahalarida, 58-sonli Xarbiylar shaharchasi, Yangiobod mavzesi, Asalobod hamda Dubovaya ko‘chalaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan.

Hozir nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda

“Tez orada yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib beriladi”, - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:34 02.10.2022. O'qildi: 2501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!