Toshkentni vodiy bilan bog‘lovchi yo‘ldagi ko‘prikning bir qismi qulab tushdi.
Angren shahrida A373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon” yo‘lidagi “Qorabog‘soy” ko‘prigi chetidagi oxirgi oraliq qurilmasi, ya’ni piyodalar yo‘lagi qulab tushdi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ko‘prik 1969 yilda qurilgan va 1995 yilda ta’mirlangan. Hozir esa ko‘prik holati qoniqarsiz.
Shu sababli A373 yo‘liga mos yangi ko‘prik qurish uchun ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtomobillar harakati cheklanib, harakatlanish vaqtincha D019 avtomobil yo‘liga o‘tkazilgan.