Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentlik 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

A A A
Toshkentlik 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 55 yoshli B.SH. (erkak) joriy yil 13 iyul kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Keyinchalik ahvoli og‘irlashganligi sababli reanimasiya bo‘limiga o‘tkazilgan.Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.
 

Kiritildi: 09:44 31.07.2020. O'qildi: 2642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!