2026 yil 5 may kuni soat 16:25 atrofida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Equinox” haydovchisi sog‘ligi yomonlashgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta avtomobillarga urilib ketgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q, 15 ta transport vositasi shikastlangan. Haydovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.