Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi xususiy maktabda bolalar kaltaklandi

Toshkentdagi xususiy maktabda bolalar kaltaklandi

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi xususiy maktabda sodir bo‘lgan holat yuzasidan malumot berildi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan❕

📌 Tuman IIO FMB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur xususiy maktabning 9-sinf o‘quvchisi G‘.J. (2008 yilda tug‘ilgan) ga maktab o‘qituvchilari A.F. va N.M. tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan. Tayinlangan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, G‘.J. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi.

🟡 Mazkur holat yuzasidan A.F. va N.M. larning xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudiga yuborildi.

Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi.
Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: Bugun 14:37. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!