Bugun 13 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Bizning dushmanimiz bitta»: Eron oliy rahbari juma namozidan keyin nutq so‘zladi

«Bizning dushmanimiz bitta»: Eron oliy rahbari juma namozidan keyin nutq so‘zladi

Oyatulloh Ali Xomanaiy Eronning Isroilga hujumidan bir necha kun o‘tib ommaviy yig‘ilishda nutq so‘zladi.

U juma kuni va’z o‘qidi - bu Eron Isroilga raketa hujumi uyushtirganidan keyin va Isroil Hizbulloh istehkomlariga hujumlar to‘lqinini boshlaganidan beri birinchi marta sodir bo‘ldi.

Poytaxt Tehronda minglab eronliklar yetakchini ko‘rish uchun yig‘ilsi, asosiy sahnada o‘ldirilgan Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohning surati bilan yonma-yon joylashtirilgan Xamanaiy surati edi.

Ba’zilar Hizbullohning yashil va sariq bayrog‘ini, boshqalari esa Falastin bayrog‘ini ko‘tarib olgan.

Oyatulloh Xomanaiy poytaxt Tehronda eronliklarga murojaat qildi:

«Dushmanimiz qabul qilgan siyosat barcha musulmonlar orasida bo‘linish va isyon urug‘ini sepish, fitna qo‘zg‘ashdan iborat. Ular falastinliklar, livanliklar, misrliklar va iroqliklar uchun bir xil dushmandir. Ular Yaman va Suriya xalqining dushmani,» - dedi Eron oliy rahbari katta olomonga.

«Bizning dushmanimiz bitta».

Kiritildi: 16:13 04.10.2024. O'qildi: 9700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!