Rossiyada ajralishlar rekord darajaga yetdi. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 1000 ta turmush qurgan juftlikdan 900 tasi ajrashadi. Mamlakat demografik inqirozga yuz tutayotganini inobatga olsak, bir necha yil ichida aholi soni yana qisqaradi, deydi ekspertlar.
Rossiya ajralishlar bo‘yicha Portugaliya, Ispaniya va Lyuksemburgdan keyin dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Bir yilda bir milliondan ortiq juftliklar ajrashdi. Mutaxassislarning fikricha, asosiy sabablar iqtisodiy qiyinchiliklar, inflyasiya, hayot sifatining pasayishi.
Eng ko‘p ajralishlar Moskva, Tuva va Dog‘istonda qayd etilgan. Shu bois davlatimiz tomonidan yosh oilalarga alohida e’tibor qaratiladi. Ayrim fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar faqat yosh oilalarni ishga olishadi.
Parlamentda psixologlar ishtirokida ajrashish bo‘yicha yangi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Tashabbus voyaga yetmagan farzandi bor er-xotinlar ajralishdan oldin oilaviy psixolog bilan maslahatlashishini nazarda tutadi. Shuningdek, deputatlar butun Rossiya bo‘ylab uzoq nikohlar uchun maxsus to‘lovlarni joriy etishni taklif qilyaptilar.