Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdagi xususiy klinikada 9 yoshli bolaning operasiya vaqtida vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

Toshkentdagi xususiy klinikada 9 yoshli bolaning operasiya vaqtida vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

Joriy yil 25 avgust kuni Toshkent shahridagi xususiy tibbiyot markazlaridan birida o‘tkazilgan rinoplastika jarrohlik amaliyoti davomida 9 yoshli bemor vafot etdi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi munosabat bildirib, hozirda tekshiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola amaliyotdan bir hafta oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Biroq operasiya jarayonida kutilmagan holat yuz berib, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Hodisa yuzasidan shahar prokuraturasi tekshiruv boshlagan. Tergovga qadar harakatlar doirasida holatga aloqador shaxslar so‘roq qilinmoqda, yuzlashtirish ishlari va murakkab ekspertizalar tayinlangan. Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:25 26.08.2025. O'qildi: 1221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!