Joriy yilning 31 avgust kuni soat 20:15 atrofida M.A. (erkak) Chilonzor tumani, Beshyog‘och MFYda joylashgan 5-sonli yuqimli kasalliklar shifoxonasida N.S.ga (erkak) shilqimlik qilganligi aniqlangan.
Jabrlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, ayblanuvchi telefonini tuzatish bahonasida jabrlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib uni o‘z xonasiga taklif qilgan va eshikni yopib, jinsiy harakatlar qilgan.
Sudlanuvchi M.A. jabrlanuvchi N.S.ni orqasidan kelib quchoqlab uni bo‘ynidan o‘pib, jinsiy azosiga tegga va uni qo‘lini ham ushlab o‘zini jinsiy azosiga tekkizgan. Oradan biroz vaqt o‘tib N.S. xonadan chiqib ketgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi (jinsiy zo‘ravonlik) bilan kvalifikasiya qilingan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hukm o‘qildi.
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi o‘z aybini tan olgan va sud barcha holatlarni o‘rganib chiqib, uni ham og‘irlashtiruvchi, ham yengillashtiruvchi omillarni hisobga olgan holda 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.
Shuningdek, sud huquqbuzarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ozod qilishga qaror qildi.