Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentdagi qurilayotgan uyning 2-qavatidan yiqilgan andijonlik yigit vafot etdi

Toshkentdagi qurilayotgan uyning 2-qavatidan yiqilgan andijonlik yigit vafot etdi

Andijon viloyati Izboskan tumanidan bo‘lgan B.O., Toshkent shahar, Uchtepa tumanida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning qurilish ishlariga og‘zaki kelishuv asosida jalb qilingan.

B.O. qurilish ob’ektining ikkinchi korpusining ikkinchi qavatidagi karkas ustida himoya kamaridan foydalanmagan holda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtida balandlikdan yiqilib, og‘ir tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

“Jahon.uz” axborot portalining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, unga ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, u vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 283-sonli xulosasiga ko‘ra, B. O.ning o‘limi “Bosh peshona, o‘ng va chap chakka suyaklarining sinishi natijasida, bosh miya ochiq jarohati oqibatida miya pardalari ostiga va miya to‘qimasiga qon quyilishidan yuz berganligi ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasining tekshirish xulosasiga ko‘ra, MCHJ rahbari A.X. tomonidan B.O.ni ishga qabul qilishda, ishga qabul qilishni rasmiylashtirishni tartibi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va o‘qitish, mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi aniqlangan.

Ushbu o‘lim ortidan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, jurnalistik surishtiruvning yakuniy natijalari bo‘yicha batafsil ma’lum qilamiz.

Kiritildi: 13:11 07.08.2019. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!