Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentdagi Miran mehmonxonasi binosida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi

Toshkentdagi Miran mehmonxonasi binosida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi

Toshkent shahrining Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasidagi avval Miran mehmonxonasi joylashgan, hozirda rekonstruksiya qilinayotgan binoning tom qismidagi yong‘in o‘chirildi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Voqea joyiga birinchi yong‘in-qutqaruv guruhi soat 17:24 da yetib keldi. Yong‘inni o‘chirishda jami 14 nafar ekipaj ishtirok etdi. Soat 18:19 da yong‘in mahalliylashtirilib, 19:16 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Holatni bartaraf etish jarayoniga Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev boshchilik qildi. Toshkent shahri hokimligining xabar berishicha, voqea joyida poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov, FVB, IIBB, Milliy gvardiya va Toshkent prokuraturasi rahbarlari ham ishlagan.

Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 22:20 16.10.2024. O'qildi: 1310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!