"Hizbulloh" allaqachon Isroil bilan urush holatida va "o‘t ochishni to‘xtatishning yagona yechimi sulhdir," - dedi tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Naim Kasem Livan televideniyesining jonli efirida.
"Biz Isroilning istalgan nuqtasiga hujum qilishimiz mumkin. Bu bizning huquqimiz va biz zarur deb bilgan joylarga zarba beramiz. Isroil sulh e’lon qilmaguncha biz zarba berishni davom ettiramiz. Agar biz kelishuvga erishsak, ularning (Isroil) fuqarolari shimolga qaytishlari mumkin, ammo urush ikki million isroillikning hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Biz istalgan kun va soatda zarba berishimiz mumkin," - dedi u.
Kasem, shuningdek, "Hizbulloh" tashkilot rahbariyatidagi asosiy shaxslar halok bo‘lganidan keyin tiklana olgani va "boshqaruvni yo‘lga qo‘ya olgani"ni aytdi. "Biz qayta tiklandik va boshqaruvni yo‘lga qo‘ydik, (harakatda) bo‘sh o‘rinlar yo‘q. Har bir lavozim uchun almashtirish uchun nomzod mavjud," - dedi Kasem.