Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi zaharlanishdan halok bo‘ldi. Ulardan biri rossiyalik jurnalist

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi zaharlanishdan halok bo‘ldi. Ulardan biri rossiyalik jurnalist

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2024 yil 20 oktyabr kuni Mirobod tumanida joylashgan mehmonxonada Rossiya fuqarolari 45 yoshli Maksim Radchenko va 47 yoshli Inessa Papernaya vafot etgan.

Bundan tashqari, ushbu mehmonxonaning boshqa xonasidan joni uzilgan O‘zbekiston fuqarosi 48 yoshli X.U.ning jasadi topilgan.

Dastlabki sud tibbiy tashxisiga kura, marhumlarning o‘limi noma’lum etiologiyali zaharlanishdan kelib chiqqan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov xarakatlari olib borilmokda.

Ma’lumot uchun, Inessa Papernaya Rossiyaning “Lenta” nashri jurnalisti hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 20 oktyabr kuni unga pochta jo‘natmasi kelgan. Mehmonxona xodimlari ayol yotgan xonaga qo‘ng‘iroq qilishganda hech kim javob bermagan. Shundan so‘ng xodimlar xonaga kirishgan va u yerda Inessa va Maksimning jonsiz tanasiga duch kelishgan.

Kiritildi: 23:35 22.10.2024. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!