Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi erkak masjidda juma namozini o‘qiyotganida vafot etdi (FOTO)

A A A
Toshkentdagi erkak masjidda juma namozini o‘qiyotganida vafot etdi (FOTO)

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi «Ko‘zi ojizlar» jome’ masjidida 50 yoshlar atrofidagi erkak juma namozi vaqtida yuragi to‘xtab qolishi oqibatida vafot etdi. Gazeta.uz’ning xabar berishicha, erkak namoz o‘qiyotgan vaqtida yiqilib tushgan va xuddi xurrak otayotgan kabi qiynalib nafas ola boshlagan. Atrofdagilar unga birinchi yordam ko‘rsatishga uringan. Odamlar masjid yaqinidagi do‘kondan qoshiq olib kelib, uning ortga ketib qolgan tilini qaytargan, yonbosh yotqizib, yuragini uqalagan.

Toshkentdagi erkak masjidda juma namozini o‘qiyotganida vafot etdi (FOTO)

Foto: Gazeta.uz

Shuningdek, shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilinib, manzil va boshqa kerakli ma’lumotlar aytilgan. Ammo ko‘rilgan choralarga qaramay, shifokorlar yetib kelgunga qadar uning yuragi to‘xtab qolgan.

«Tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilinganidan 20 daqiqalardan oshiqroq vaqt o‘tib, shifokorlar brigadasi yetib keldi. Biroq tez yordam mashinasi avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani sababli murda yotgan joygacha yetib kelolmadi. Ichki ishlar organlari xodimlari ‘204 Spark mashinasi kimniki, mashinangizni oling, yo‘lni to‘sib qo‘yibsiz’, deb baqirishib yurgandi», – deya hikoya qiladi Gazeta.uz muxbiri.

Toshkentdagi erkak masjidda juma namozini o‘qiyotganida vafot etdi (FOTO)

Foto: Gazeta.uz

Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, bunday holatlar boshqa masjidlarda ham tez-tez takrorlanib turadi. Ma’ruzalarda qayta-qayta uqtirilganiga qaramay, masjidlarga shaxsiy mashinalarda borish va yo‘llarni to‘sib qo‘yish holatlari uchrayotgani aytilmoqda.

Kiritildi: 20:06 10.11.2023. O'qildi: 5076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!