Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi domlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentdagi domlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Kecha, 5 dekabr kuni soat 20:03 da Toshkent shahar Yangihayot tumani «Viqor» MFY Yo‘ldosh 6-dahasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:33 da qurshab olingan va soat 20:40 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 100 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonida xonadondan 2 nafar fuqarolarni kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:19 06.12.2022. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!