2023-2024 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 20,7 km uzunlikdagi «turizm halqasi» loyihasi barpo etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2023-2024 yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 20,7 km uzunlikdagi "Turizm halqasi" barpo etiladi.
Uzilishsiz piyodalar yo‘lagi (nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan ko‘zi ojizlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda) va veloyo‘laklar hamda yashil hududlar barpo etiladi.
Sug‘orish va irrigasiya-drenaj tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi. Hunarmandchilik markazlari va sayilgohlar tashkil etiladi, aholi gavjum ko‘chalar tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan savdo, ko‘ngilochar, gastronomik va turizm ko‘chalariga aylantiriladi.
Toshkent shahrining tarixiy darvozalari qayta tiklanadi.
Samarqand darvoza mahallasidagi "Zamonaviy kasblar maktabi" yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishni tashkil etish uchun quyidagi majburiyatlar asosida xususiy sektorga tekin foydalanishga beriladi:
"Chorsu" va "Eski juva" dehqon bozorlari hududi tartibga keltiriladi va bozor hududidagi tartibsiz qurilmalar o‘rniga loyiha asosida zamonaviy savdo rastalari joylashtiriladi, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘p qavatli avtoturargoh tashkil etiladi, piyodalar yo‘laklari quriladi va irrigasiya tarmoqlari yangilanadi.
2024 yil yakuniga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida O‘zbekiston davlat sirki binosi rekonstruksiya qilinadi.
2024 yil 1 iyunga qadar Shayxontohur tumani arxitektura qiyofasi bosqichma-bosqich butkul yangicha qiyofa kasb etadi.