Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentdagi "Chinni bozori" ma’muriyati tadbirkorlardan paxta uchun noqonuniy pul talab qilayotgani rostmi?

Toshkentdagi "Chinni bozori" ma’muriyati tadbirkorlardan paxta uchun noqonuniy pul talab qilayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chinni bozori ma’muriyati tadbirkorlardan paxta uchun noqonuniy pul talab qilmoqda" nomli murojaat tarzida e’lon qilingan maqola yana bir bor isbotlanmadi.

Zangiota tumani hokimligi Axborot xizmati xodimlari mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida joriy yilning 1 oktyabrida “Chinni bozori”da bo‘lib, maqolada keltirilgan faktlarni o‘rganganligi, ayrim tadbirkorlar bilan suhbatlashganligi, lekin maqola o‘z tasdig‘ini topmaganligi to‘g‘risida avval xabar berilgandi.

Mazkur maqola respublikamizdagi oliy darajadagi komissiya tomonidan o‘rganib chiqilganda ham o‘z isbotini topmadi. Shu yilning 2 oktyabrida masalaga oydinlik kiritish maqsadida paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, terimchilarga munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish  bo‘yicha  mutasaddi vazirliklar rahbarlari ishtirokida tuzilgan respublika Ishchi guruhi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator M. Kadirxanova, Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O. Parpiboyeva va Zangiota tuman hokimining o‘rinbosarlari “Chinni bozori”da bo‘lib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi. 

Murojaat nufuzli komissiya tomonidan o‘rganilganda ham o‘z isbotini topmadi.

Kiritildi: 14:01 03.10.2020. O'qildi: 2296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!