Kecha o‘quvchi, talaba, eko-faollar va davlat xizmatchilari ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligida hududda 300 ta daraxt o‘tqazdi.
7,5 gektar maydonni egallaydigan “Oxygen park” loyihasi sokin tabiiy hudud sifatida ishlab chiqilgan. Unda attraksion va umumiy ovqatlanish shoxobchalari bo‘lmaydi.
Daraxt va butalar parvarishi uchun sun’iy suv havzasi hamda quyosh energiyasidan quvvatlanadigan yerosti qudug‘i tashkil etiladi.