Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi avtobusda yo‘lovchi to‘satdan vafot etdi

Toshkentdagi avtobusda yo‘lovchi to‘satdan vafot etdi

26 sentyabr kuni Olmazor tumani, «Beruniy» metro bekatida turgan avtobusda 63 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, soat taxminan 11.20 larda «Beruniy» metro bekatida turgan avtobusda yo‘lovchining (1961 yilda tug‘ilgan) sog‘lig‘i yomonlashib qolgan. Yo‘lovchiga havo yetmagani sababli avtobusdan tashqariga olib chiqilgan va tez tibbiy yordam chaqirilgan. Biroq yo‘lovchi tez tibbiy yordam mashinasi kelguniga qadar vafot etgan.

Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotgani ta’kidlanmoqda. Yo‘lovchi YTH oqibatida o‘lgani inkor etildi.

Kiritildi: Bugun 10:04. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!