Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida avariya bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Holat bo‘yicha “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati ma’lumot berdi.
Shu yilning 14 oktyabr kuni soat 16:06 da Mirzo Ulug‘bek, qisman Yashnobod va Mirobod tumani hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Lafarga” va “Salarskaya” podstansiyalaridan chiquvchi Vodil-1 tarmog‘idan ta’minlanuvchi 45- va 46-ustun (opora) oralig‘idagi 110 kVli yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi, daraxt shoxlarining sinishi natijasida qisqa tutashuv yuzaga kelib, favqulodda avariya holatida qisqa muddatga elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” MCHJning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarini ekspluatasiya qilish xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik soat 17:05 da to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng elektr energiyasi qayta tiklangan.