Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 16 sentyabr kuni soat 08:00 larda 33 yoshli haydovchiy D.A. oq rangli Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketgan. Natijada u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 27 yoshli A.D. boshqaruvidagi kulrang Cobalt’ga urilgan.
Hodisa oqibatida oq rangli Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.