Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda yuk mashinasi “Mazda” bilan to‘qnashib, “Spark” va “Nexia”ning ustiga quladi

A A A
Toshkentda yuk mashinasi “Mazda” bilan to‘qnashib, “Spark” va “Nexia”ning ustiga quladi

14 avgust kuni taxminan soat 18.30 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li va Jarqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida 28 yoshli Mels A. “MAZ” rusumli (davlat raqami 01 378 RAA) yuk avtomobilini boshqarish davomida 57 yoshli Hidoyat J. boshqaruvidagi yo‘l chetida nosozlik sababli to‘xtab turgan “Mazda” rusumli (davlat raqami 10 O 016 TA) avtomobilga to‘qnashgan. Yuk avtomobili haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, YTHga tormoz tizimining ishdan chiqqanligi sabab bo‘lgan.

Inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirgan yuk avtomobili ag‘darilib, svetoforning taqiqlovchi belgisi ostida to‘xtab turgan 34 yoshli Sardor A.ning “Spark” avtomobiliga (davlat raqami 01 K 906 YA) va 52 yoshli Boxodir X.ning “Nexia” avtomobiliga (davlat raqami 01 F 117 GA) yiqilgan.

YTH natijasida “Mazda” avtomobili yo‘lovchisi 23 yoshli Sanjar YU. tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi.

Kiritildi: 16:47 17.08.2020. O'qildi: 3045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!