Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

A A A
Toshkentda  yuk avtomobili ishtirokida  YTH sodir bo‘ldi

⚡️Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil 25 noyabr kuni soat 07:30 larda, Toshkent shahar, Bektemir tumani hududidan o‘tgan "Sergeli-Bo‘stonliq" avtomobil yo‘lining 18-kilometrida, haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan O.T. "Kamaz" rusumli avtomobilda harakatlanayotib keskin tormoz berishi oqibatida, yukxonada bo‘lgan beton ustunlar joyidan oldinga siljib, avtomobilning kabina qismiga zarar yetkazgan.

🔹Natijada, haydovchi O.T. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda haydovchi hodisa joyida, ahvoli yaxshi.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:40 25.11.2021. O'qildi: 1815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!