Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda YTHga uchragan "Nissan"ning Otabek Umarovga aloqasi bormi?

Toshkentda YTHga uchragan "Nissan"ning Otabek Umarovga aloqasi bormi?

Kecha Toshkentda "Nissan" avtomobili ishtirokida avtofalokat sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ushbu avtomobil Triatlon federasiyasi raisi, Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarovga tegishli ekanligi haqida turli gap-so‘zlar tarqaldi. "ANIQ.UZ" muxbiri shu masala yuzasidan  Toshkent shahar Ichki ishlar bosh  boshqarmasi bilan bog‘landi. Muxbirimiz "YTHning Otabek Umarovga bog‘liqlik joyi bormi?" degan savolga "Bu boradagi rasmiy ma’lumotlar allaqachon berilgan", deya javob oldi.

Bu rasmiy ma’lumot esa, eslatib o‘tamiz, quyidagicha: "6 avgust kuni kechki payt poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida uch avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH natijasida qurbonlar yo‘q. Dastlabki surishtiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, Nissan rusumli avtomashina haydovchisi, 33 yoshli SH.J. boshqaruvni yo‘qotib, ikki mashina bilan to‘qnashuv sodir etgan". Demak, kecha sodir bo‘lgan YTHning Otabek Umarovga aloqasi yo‘q.

 

 

Kiritildi: 16:52 08.08.2019. O'qildi: 9259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!