Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda YTH oqibatida YPX xodimi halok bo‘ldi (video)

Toshkentda YTH oqibatida YPX xodimi halok bo‘ldi (video)

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi.

Joriy yilning 16 iyul kuni soat 18:30 larda poytaxtning "Do‘rmon yo‘li" ko‘chasi bo‘ylab 3 nafar YPX inspektorlari patrullik motosikllarida harakatlanib ketayotgan vaqtida, "G‘azalkent" ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan "Onix" rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida patrullik motosiklini boshqarib kelgan 1 nafar YPX xodimi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

"Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTH kortej kuzatuvi vaqtida sodir bo‘lgani to‘g‘risida noto‘g‘ri talqin kuzatilmoqda. Tarmoq vakillarida asoslantirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz" - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan ma’lumotda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:01 17.07.2026. O'qildi: 1994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!