Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda yana bir xorijiy universitetning filiali tashkil etildi

Toshkentda yana bir xorijiy universitetning filiali tashkil etildi

Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti) Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramm ijtimoiy tarmog‘idagi https://t.me/huquqiyaxborot rasmiy kanalida xabar berildi.

Filialda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

biznes-informatika (bakalavr);

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish (magistr);

xalqaro xususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj (magistr);

xalqaro savdo va moliya huquqi (magistr);

xalqaro tashkilotlar uchun sinxron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikasiya (magistr).

Filial O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federasiyasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq bosh muassasaning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

O‘quv jarayoni bakalavriat dasturlari bo‘yicha to‘rt yillik hamda magistratura dasturlari bo‘yicha ikki yillik ta’limni ko‘zda tutgan bo‘lib, asosan, kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filialda ta’lim Rossiya Federasiyasi federal ta’lim standartlariga muvofiq bosh muassasa tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv-reja va ta’lim dasturlari asosida rus hamda ingliz tillarida olib boriladi.

Barcha darajadagi ta’lim dasturlarida rus va ingliz tillaridan tashqari qo‘shimcha chet tilini o‘qitish ham ko‘zda tutilgan.

Manba: xs. uz

Kiritildi: 21:45 12.02.2019. O'qildi: 1437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!