Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

Joriy yilning 29 fevral kuni BYD rusumli avtomashina haydovchisi, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128-5- moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Haydovchi, unutmang, yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 10:25 02.03.2024. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!