Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda xaridorni 18 ming dollarga "uxlatgan" firibgar ayol ushlandi

Toshkentda xaridorni 18 ming dollarga "uxlatgan" firibgar ayol ushlandi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida firibgar ayolning makri uzoqqa bormadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.13 noyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 27 mart kuni A.Qahhor ko‘chasida yashovchi, G.Q. (ayol) uyida tanishi, Uchtepa tumanida yashovchi, A.A.ga uyini 55.000 AQSh dollariga sotishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan boshlang‘ich to‘lov sifatida 18 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida G.Q. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: zamin.uz

Kiritildi: 08:31 15.11.2018. O'qildi: 1244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!