Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda “Wizz Air” aviakompaniyasining parvozi 17 soatdan ko‘proqqa kechiktirildi

A A A
Toshkentda “Wizz Air” aviakompaniyasining parvozi 17 soatdan ko‘proqqa kechiktirildi

Toshkent vaqti bilan soat 12:05 da jo‘nashi rejalashtirilgan “Wizz Air” aviakompaniyasining 5W7160 (Toshkent – ​​Abu-Dabi) reysi texnik sabablarga ko‘ra uchish aeroportida qolmoqda. Ayni paytda parvozning kechikishi 10 soatni tashkil etmoqda.

“Wizz Air” xorijiy aviakompaniya bo‘lganligi sababli, tashkiliy masalalarni hal qilish biroz vaqt talab qildi. Ayni paytda mazkur reysning 105 nafar yo‘lovchisi, jumladan, xorijiy fuqarolar va boshqa viloyatlardan kelgan O‘zbekiston fuqarolari aviakompaniya tomonidan mehmonxonaga joylashtirilgan va aeroportdan vaqtincha bo‘lish joyigacha transport bilan ta’minlangan.

Toshkent – ​​Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvoz 31 iyul kuni soat 04:00da amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Parvozlar jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni aviatashuvchidan, “Uzbekistan Airports” mobil ilovasi va rasmiy veb-sayti orqali olish mumkin.

Kiritildi: 22:27 30.07.2024. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!