Toshkent shahar Shayxontohur tumanida o‘z qizi tomonidan haydalgan ota MIB orqali uyga kiritildi.
Ma’lum qilinishicha, byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro varaqasiga asosan, arizachi A.X.ning javobgari uning qizi A.K.ga yashab turgan nizoli Shayxontohur tumani, Chorsu mavzesidagi manzilda joylashgan xonadonga kiritish va u yerdagi yordam xo‘jaliklaridan foydalanish huquqi belgilangan.
Mazkur ish bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ota o‘z xonadoniga kiritib qo‘yildi hamda uning uydan foydalanish huquqi yuzasidan qiziga tushuntirish berildi va ijro ishi tamomlandi.